Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakiliga mahkumlardan qanday murojaat kelib tushdi?
2022 yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shahridagi  2- va 3- sonli jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.  

Qayd etish lozimki, 2021 yilda mazkur muassasalarga tashrif davomida oshxonada baʼzi kamchiliklar aniqlangan edi. Dastlab mahkumlarning ovqatlanish sharoitlari o‘rganilganda, oshxona jihozlari va idish-tovoqlarning yangilangani, ovqatlanish menyusi belgilangan meʼyorlar asosida tuzilgani hamda kerakli oziq-ovqat mahsulotlari yaxshi holatda saqlanayotgani aniqlandi.

Tibbiyot xonalari ko‘zdan kechirilganda, mahkumlarga  tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-vositalari taʼminoti bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlanmadi. Lekin, muassasada saqlanayotgan mahkumlar foydalanayotgan  tibbiyot maskalarini tibbiy-sanitariya qoidalariga mos ravishda almashtirilishni nazoratga olish tavsiya qilindi.

Mintaqaviy vakil M.Normuradov mahkumlar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazganda mahkumlar oilalari bilan ko‘rishish uchun beriladigan uzoq muddatli uchrashuvlar 2 kunga qisqartirilganligidan norozi ekanliklarini bildirishdi. Mazkur holat bo‘yicha muassasa boshliqlari pandemiya sababli uzoq muddatli uchrashuvlar bir muddat to‘xtatilgani, hozirda esa uzoq muddatli uchrashuvlarga ruxsat berilganini qayd etdi. Uning so‘lariga ko‘ra, uzoq muddatli uchrashuvlarga navbatlar ko‘pligi sababli boshqa mahkumlar va ularning yaqinlarini uzoq kuttirib qo‘ymaslik maqsadida 2 kunga qisqartirilgan, keyinchalik yana 3 kunga ruxsat beriladi.

Mintaqaviy vakil uzoq muddatli uchrashuvlarga kelgan mahkumlarning oila aʼzolari bilan xam suhbatlashganda, ular muassasadagi shart-sharoitlardan va muassasa xodimlarning muomalasidan ham mamnunliklarini bildirishdi.

Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili bilan yakkama-yakka tarzda uchrashishni istagan mahkumlar qabul qilindi. Ulardan biri Qarshi shahrdagi tibbiyot birlashmalaridan teri kasalliklari bo‘yicha shifokor qabuliga kirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi va u ijobiy hal etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati