Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning rasmiy munosabati
Xabaringiz bor, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Farida Rashidova tomonidan Navoiy shahrida joylashgan 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti sharoitlari xarob, isitish tizimi ishlamayotgan bo‘lsada, bolalarni tarbiyalash davom etayotganligi, ushbu muammolar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishgan bo‘lsada, hech qanday amaliy harakat qilinmaganligi bo‘yicha xabar qoldirilgan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi o‘z xabarida muammoni hal etishda yordam berilishini so‘rab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat Bolalar Ombudsmani nazoratiga olinib, Navoiy viloyati hokimiyatiga murojaat qilindi.

Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, shaharning “Orzu” MFY hududidagi mazkur 360 o‘rinli MTTning bino-inshootlari 1970 yilda qurilgan bo‘lib,  foydalanishga topshirilganidan buyon biror marta ham mukammal taʼmirlanmagan faqatgina joriy taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Mazkur idoraning xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan videolar ancha ilgari tasvirga olingan. 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining xabarda ko‘rsatilgan kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarning bir qismi  2022 yilning 12 yanvar oyida bajarilgan.

Bolalar Ombudsmanining aralashuvi bilan shahar MTBning ekspluatatsiya xodimlari tomonidan muassasa isitish tizimi qayta tiklanib, kamchiliklar bartaraf etilgan. Jumladan, MTTdagi issiqlik tizimi qayta ko‘rib chiqilib, barcha guruhlarda bartaraf etilishi taʼminlangan, teshilgan suv quvuri taʼmirlangan, san uzel, yo‘laklar va boshqa joydagi kamchiliklar ham bartaraf etilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati