Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalasi muhokama etildi
Joriy yil 9 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohoti bo‘yicha dasturi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 12 martdagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 15 fevraldagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilib, unda “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro standartlar va zamon talablari darajasida takomillashtirish bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” tasdiqlanishi ham mamlakat hayotidagi muhim voqea bo‘ldi. Mazkur Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da bir qator kodekslar va qonun loyihalarining ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuni shular jumlasidandir.

Shuningdek davra suhbatida, Mamlakatimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga aʼzo bo‘lgani ham davlatimiz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni astoydil bajarish va inson huquqlarini global miqyosda himoya qilishga qatʼiy bel bog‘laganidan dalolat ekani tasdiqlandi.

Davra suhbatida huquqiy masalalar bo‘yicha xalqaro ekspert Mixail Boyadjiyev ham maʼruzachi sifatida so‘zga chiqib, Ombudsman faoliyati samaradorligini oshiruvchi eng ilg‘or xalqaro amaliyotlar haqida maʼlumot berdi va “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati samaradorligini oshirish va qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar qizg‘in muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha davlat idoralari xodimlari hamda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya aʼzolari tomonidan Ombudsman instituti mavqeini oshirish, sudlarda kuzatuvchi emas balki ishonchli vakil sifatida ishtirok etish, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatini kuchaytirish, Ombudsmanga inson huquqlarini buzilishiga sabab bo‘luvchi holatlar yuzasidan Parlamentga axborot kiritish kabi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati