Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: Soxta ariza bilan lovozimidan chetlashtirilgan xodim o‘z ishiga tiklandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan soxta ariza bilan boshqa ishga o‘tkazilgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Fuqaro o‘z murojaatida «Kumir taʼminot » MCHJ raxbari va uning Surxondaryo filiali boshlig‘i, sohta ariza bilan avval xodimini boshqa ishga o‘tkazib, keyinchalik uning mutaxassiligi egallab turgan lavozimiga mos kelmasligi vaji bilan ishdan bo‘shatgani, lekin, xodimning bo‘shatilgani haqidagi buyruqdan ko‘chirma sobiq ishchiga turli bahonalar bilan taqdim etilmaganlini maʼlum qilgan.

Fuqaro Ombudsmanga murojaat qilishdan avval, buzilgan mehnat huquqlarini himoya qilishni so‘rab Termiz shahar bandlikka ko‘maklashish markaziga hamda Surxondaryo viloyat kasaba uyushmasiga murojaat qilgan. Lekin, uning arizalari eʼtibordan chetda qolgan.

Ushbu murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, murojaatchi nomidan yozilgan ishga qabul qilish xaqidagi ariza Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshkarmasi Ekspert-kriminalistika bo‘limi tomonidan o‘rganilib, mazkur ariza murojaatchiga tegishli emasligi va undagi imzo ham sohta bo‘lganligi tasdiqlandi.

Shundan so‘ng, murojaat egasi avvalgi lavozimiga tiklandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati