Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolarning egalik huquqlari tiklandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi 84 nafar fuqarolarning yerga egalik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha murojaati kelib tushgan edi.

Aniqlanishicha, 2018 yil VMning “Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘ida joylashgan “Qaynarsoy” qarorgohida tutashgan hududlarning arxitektura qurilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 130 nafar fuqarolarga Bo‘stonliq tuman hokimining 2018 yil 18 iyuldagi 1827-sonli qarori bilan “Sarbog‘” va “Nanay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi tuman zahira yerlari tarkibidan jami 12.0 gektar sug‘oriladigan yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan (har bir uy-joyi buzulishga tushgan fuqaroga 0.06 gektardan) yer maydonlari ajratib berilishi belgilan edi. Tuman hokimining mazkur qarori 2019 yilda Toshkent viloyati hokimining qarori bilan tasdiqlangan. Ammo...

Murojaatda ko‘rsatilishicha, 2020 yil 10 iyulda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining 1697-sonli qarori qabul qilinib, bu bilan 2018 yil 18 iyuldagi 1827-sonli tuman hokimining qarori bekor qilingan va shu bilan birga fuqarolarga ajratilgan umumiy maydoni 12 ga yerdan foydalanish huquqi cheklab qo‘yilgan. Shundan so‘ng, mazkur holat yuzasidan bir guruh fuqarolar tomonidan maʼmuriy ishlar bo‘yicha Nurafshon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ushbu murojaatga ilova qilingan barcha hujjatlarni o‘rganib, o‘zining Xulosasini taqdim etdi. Sud tomonidan 2021 yil 15 aprel kuni sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda ariza qanoatlantirilib, Bo‘stonliq tuman hokimining 2020 yil 10 iyulda 1697-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati