Turkiya Bosh Ombudsmani taklifiga binoan Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini tuzish bo‘yicha taʼsis Kengashida ishtirok etish maqsadida Turkiya Respublikasining Bursa shahriga tashrif buyurgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va delegatsiya aʼzolari Bursa gubernatori Yakub Kanbolat, Osmangazi meri Mustafa Dyundar hamda Bursa meri Alinur Aktash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.