Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
HAMKORLIK MEMORANDUMI– BOLA HUQUQLARI HIMOYASINI KUCHAYTIRISHGA XIZMAT QILADI
Joriy yilning 14 oktyabr kuni Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan ham ana shunday Memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz aholisining 40 foizidan ortig‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, – dedi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova. – O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi 70 dan ortiq xalqaro shartnomaga aʼzo bo‘lgan, mamlakatimizda bola huquqlarini taʼminlash va himoya qilish sohasida mustahkam milliy huquqiy baza ham yaratilgan.

Biz o‘z faoliyatimizda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish kafolatlarini taʼminlash, himoya qilish mexanizmini takomillashtirish, bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida tushuntirish ishlarini olib borish, davlat hokimiyati organlari, mahalliy hokimiyat organlari, jamoatchilik va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bilan shug‘ullanamiz. Bola huquqlari sohasida Harakatlar strategiyasi doirasida belgilangan maqsad-vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan o‘zaro hamkorlik qilish biz uchun ahamiyatli va ishonamanki, birgalikdagi bu saʼy-harakatlarimiz samarali bo‘ladi hamda kutilgan natijalarni beradi

Shundan so‘ng Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashdi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, xususan, fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida bolalarning huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilishni yana-da kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda sohaga oid qonunchilikni yana-da takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, hamkorlikda konferensiya, seminar-trening, davra suhbatlari va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etib borish nazarda tutilgan.