Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
20 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2023 yilning 10 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING
15 Noy
2023 yilning 10 oyida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 452 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning 10  oyida ushbu ko‘rsatkich 297 tani tashkil etgan edi.
Ombudsmanga Farg‘onadagi maxsus qabulxona sharoitlari yaxshi emasligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi
06 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro Q.B. murojaat qilib, viloyatdagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada saqlanayotgan akasi X.B. sharoitlari yaxshi emasligidan shikoyat qildi.
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaatlar qilishdi? 
31 Okt
2023 yilning 31 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 4 nafar murojaatchi ishga tiklandi va ular foydasiga 83 mln so‘m undirildi - Ombudsman
30 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 4 nafar fuqaro Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasidan asossiz ishdan bo‘shatilganliklari sababli ishga tiklashda  yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Sirdaryoda nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlari o‘rganildi
09 Okt
2023 yilning 6 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sirdaryo viloyatidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv Guliston shahar adliya bo‘limi va  O‘zbekiston Karlar jamiyati Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ombudsmanga xizmat xaqini undirish bo‘yicha jamoaviy murojaat kelib tushdi
06 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan xizmat xaqini undirish bo‘yicha jamoaviy murojaat kelib tushdi.
Aholi iltimosiga ko‘ra, Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” MFYda Ombudsman mintaqaviy vakilining sayyor qabuli tashkil etildi
06 Okt
2023 yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakilining Diyor Husanov Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
03 Okt
2023 yilning 3 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlarini o‘rgandi
29 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili “Turon” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
28 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand shahridagi “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Ombudsman Italiyadagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
25 Sen
2023 yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Italiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.