Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Surxondaryoda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi
24 Iyu
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Parlament komissiyasida Ombudsmanning qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish borasidagi axboroti eshitildi
21 Iyu
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakuni va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan har chorakda axborot kiritib boradi.
Navoiyda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha seminar tashkil etildi
20 Iyu
Joriy yilning 20 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huqulari bo‘yicha vakili Ombdsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi majlislar zalida tashkil etilgan “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.Unda viloyat odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi aʼzolari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi, IIB, Davlat mehnat nazorarti inspeksiyasi, NNTlarni muvoffiqlashtirish Kengashi rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Ombudsmanning YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
20 Iyu
2023 yilning 20 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori elchi Klemens Koyya bilan uchrashdi.
Xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonlarini borishi haqidagi fikrlari
09 Iyu
Shu kunlarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga saylov jarayonlarini kuzatish uchun kelgan hamkasb xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashmoqda. Joriy yilning 8 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Atirau viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Almaz Abildayev bilan, bugun, yaʼni 9 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil T.Merzlyakova va Novosibirsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil N.Shalabayevalar bilan uchrashdi.
Ombudsman Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlament) Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
08 Iyu
2023 yilning 8 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlament) Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar qo‘mitasi raisi Chigdem Erdogan Atabek bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlari saylov jarayonida inson huquqlarining taʼminlanishi borasida fikr almashishdi
07 Iyu
2023 yilning 7 iyul kuni mamlakatimizda joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonini kuzatish maqsadida tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar Turkiya Bosh Ombudsmani Sheref Malkoch hamda “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari, Turkiya Respublikasi «Adolat va rivojlanish» partiyasi deputati Osman Mesten O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova bilan uchrashdi.
Ombudsman YEXHT DIIHB missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi
04 Iyu
Joriy yilning 4 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha YEXHT DIIHBning missiya rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.
Oliy sud Plenumi majlisi tafsilotlari
23 Iyu
2023 yil 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabalari Ombudsmanlar faoliyati bilan tanishishdi
23 Iyu
2023 yilning 23 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova hamda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) A.Yunusova O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.
Andijondagi Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifi amalga oshirildi
21 Iyu
2023 yilning 21 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvoxidova Viloyatdagi IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Navoiy viloyatida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbahorlik fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
21 Iyu
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.