Faoliyatining asosiy yo’nalishlari

O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

  • buzilgan inson huquqlari va erkinliklari to’g’risida shikoyatlarni ko’rib chiqish, ularni tiklash bo’yicha choralar qabul qilish; 
  • inson huquqlari bo’yicha O’zbеkiston Rеspublikasi qonunchiligini takomillashtirishga va uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga ko’maklashish;
  • inson huquqlari va erkinliklari, ularni himoya qilish shakllari va usullari masalalari bo’yicha aholining huquq savodxonligini oshirish;
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Sеnatiga o’z faoliyati bo’yicha yillik ma’ruzalarini taqdim etishi;
  • fuqarolar huquqlari va erkinliklarini buzilishi to’g’risida axborotlar mavjud bo’lganida o’z vakolatlari doirasida tеgishli choralar ko’rish bo’yicha o’z tashabbuslarini qabul qilishi;
  • inson huquqlariga rioya etilishi bo’yicha monitoring va o’tkazilgan monitoring tadqiqotlari natijalari bo’yicha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi faoliyatlarini takomillashtirishi bo’yicha takliflar jo’natish;
  • inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.



Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko’rib chiqish

Inson huquqlari sohasida qonunchilikni takomillashtirishga ko’maklashish va unga rioya etilishi bo’yicha monitoring

Axborot-ma’rifiy faoliyat

Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik

urchinTracker();